Tokioda oʻtkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari gʻoliblari 200 ming dollargacha pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi

17:54 25 Iyun 2021 Sport
1227 0

“2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasining ishtirokini taʼminlash hamda olimpiya sport turlarini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan Oʻzbekiston sport delegatsiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Qarorga koʻra, oʻyinlarda gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:

oltin medal uchun – 200 000 AQSH dollari;

kumush medal uchun – 100 000 AQSH dollari;

bronza medal uchun – 50 000 AQSH dollari.

Mazkur xarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?