Tokio Olimpiadasida qatnashadigan sportchilarning birinchi guruhi Yaponiyaga yetib keldi
Foto: globallookpress.com
Avstraliyaning softbol boʻyicha ayollar jamoasi 1-iyun seshanba kuni Tokio yozgi Olimpiada oʻyinlari oldidan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish uchun Yaponiyaga yetib kelgan.
Terma jamoa olib kelgan samolyot Tokioning Narita xalqaro aeroportiga qoʻngan. Bu Yaponiyaga boʻlajak musobaqa oldidan kelgan olimpiyachilarning birinchi guruhi hisoblanadi.
Maʼlumki, sportchilar va jamoa xodimlari "COVID-19"ga qarshi oldindan emlangan. Ular uch kun mehmonxonada boʻladilar va shundan soʻng mashgʻulotlarga kirishadilar.
Avstraliya terma jamoasi Olimpiadaga tayyorgarlik koʻrish uchun 12 ga yaqin uchrashuv oʻtkazmoqchi.
Tokioda yozgi Olimpiada oʻyinlari 2020-yil 24-iyuldan 9-avgustgacha boʻlib oʻtishi kerak edi. Ammo pandemiya tufayli musobaqa qoldirildi va joriy yilning 23-iyulidan 8-avgustigacha boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring