Tokio Olimpiadasi ishtirokchilari har kuni koronavirusga test topshirishi shart
Tokio Olimpiadasi tashkilotchilari tomonidan Yaponiya poytaxtida boʻlib oʻtadigan musobaqa davomida sportchilar uchun qoʻllaniladigan epidemiologik xavfsizlik choralarini eʼlon qilindi.
Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) saytida xabar berilgan ushbu maʼlumotga koʻra, sportchilar har kuni koronavirusga test topshirishlari shart. Bundan tashqari, sportchilarning jamoat transportidan foydalanishi taqiqlanadi. Ovqatlanish ham tartibga solinadi. Barcha ishtirokchilar faqat Olimpiada obyektlarida, shuningdek, oʻzlari joylashgan mehmonxonalarda ovqatlanishlari mumkin.
Bundan tashqari, boʻlajak musobaqalarning barcha ishtirokchilari niqobsiz odamlar bilan aloqa qilish taqiqlanadi. Shuningdek, ular doim ijtimoiy masofani saqlashlari kerak boʻladi.
Reglament Yaponiya hukumati, Tokio shahar rahbariyati, musobaqa tashkiliy qoʻmitasi, Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti vakillari, shuningdek, mustaqil ekspertlarni oʻz ichiga olgan komissiya tomonidan tuzilgan.
Xavfsizlik qoidalarining soʻnggi versiyasi iyun oyida — musobaqaning rasmiy boshlanishidan taxminan bir oy oldin paydo aniq boʻlishi kutilmoqda.
Taʼkidlanishicha, oʻsha vaqtga borib musobaqalarga muxlislarni kiritish masalasi ham hal etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring