“Tokio — 2020”ga boradigan barcha sportchilarimiz nomi maʼlum boʻldi(toʻliq roʻyxat)
Ayni paytga kelib Oʻzbekiston delegatsiyasining XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etuvchi yakuniy tarkibi maʼlum. MOQ Tokio-2020 Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi barcha atletlar roʻyxatini eʼlon qildi.
Sportchilarimiz oʻz yoʻnalishlariga qarab 2017-yildan to shu kecha kunduzga qadar Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun bir-biridan murosasiz musobaqalarda bahs olib borishdi. Yakunda delegatsiyamiz kunchiqar yurtda oʻtadigan mazkur Olimpiadaga sportning 17 turida 71 ta yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Quyida litsenziat sportchilarimizni tanishtiramiz:
Boks (11 ta):
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-63 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshod Roʻzmetov
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: Shahnoza Yunusova
Erkin kurash (4 ta):
-57 kg: Gʻulomjon Abdullayev
-74 kg: Bekzod Abdurahmonov
-86 kg: Javrail Shapiyev
-97 kg: Magomed Ibragimov
Yunon-rum kurashi (4 ta):
-60 kg: Elmurat Tasmuradov
-77 kg: Jalgasbay Berdimuratov
-87 kg: Rustam Assakalov
-130 kg: Moʻminjon Abdullayev
Taekvondo (4 ta):
-68 kg: Ulugʻbek Rashitov
-80 kg: Nikita Rafalovich
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+67 kg: Svetlana Osipova
Ogʻir atletika (4 ta):
-67 kg: Adhamjon Ergashev
-109 kg: Akbar Joʻrayev
-55 kg: Muattar Nabiyeva
-76 kg: Kumushxon Fayzullayeva
Qilichbozlik (3 ta):
Shpaga, ayollar: Malika Hakimova
Sablya, ayollar: Zaynab Dayibekova
Sablya, erkaklar: Sherzod Mamutov
Yengil atletika (7 ta):
Balandlikka sakrash, ayollar: Svetlana Radzivil
Balandlikka sakrash, ayollar: Safina Sadullayeva
Bosqon uloqtirish, erkaklar: Suhrob Xoʻjayev
Uzunlikka sakrash, ayollar: Darya Reznichenko
Uch hatlab sakrash, ayollar: Roksana Xudoyorova
Uch hatlab sakrash, erkaklar: Ruslan Kurbanov
Koʻpkurash, ayollar, Yekaterina Voronina
Dzyudo (11 ta):
-60 kg: Sharofiddin Lutfillayev
-66 kg: Sardor Nurillayev
-73 kg: Hikmatilloh Toʻrayev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-63 kg: Farangiz Hojiyeva
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
Aralash jamoaviy musobaqa
Suzish (2 ta):
100 m, erkin suzish: Xurshidjon Tursunov
100 m, brass: Yulduz Qoʻchqorova
Kanoeda eshkak eshish (4 ta):
C-2 500 metr: Dilnoza Rahmatova
C-2 500 metr: Nilufar Zokirova
C-1 200 metr: Dilnoza Rahmatova
C-1 200 metr: Nilufar Zokirova
Akademik eshkak eshish (2 ta):
LMX2X, 2000 metr: Sobir Safaraliyev
LMX2X, 2000 metr: Shahboz Xolmirzayev
Sport gimnastikasi (2ta):
Yakkalik dastur: Rasuljon Abdurahimov
Yakkalik dastur: Oksana Chusovitina
Badiiy gimnastika (6 ta)
Koʻpkurash: Sabina Tashkenbayeva
Guruh mashqi: Nilufar Shomurodova
Guruh mashqi: Kseniya Aleksandrova
Guruh mashqi: Dinara Ravshanbekova
Guruh mashqi: Sevara Safoyeva
Guruh mashqi: Kamola Irnazarova
Oʻq otish sporti (2 ta):
10 m, miltiq: Muxtasar Tohirova
50 m, miltiqdan 3 holatda: Muxtasar Tohirova
Velosport (2ta):
Guruh poygasi, erkaklar: Murodjon Xolmurodov
Guruh poygasi, ayollar: Olga Zabelinskaya
Zamonaviy beshkurash (2ta):
Yakkalik, erkaklar: Aleksandr Savkin
Yakkalik, ayollar: Alise Faxrutdinova
Tennis (1 ta):
Yakkalik, erkaklar: Denis Istomin
Eslatib oʻtamiz, Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari 23-iyul – 8-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Tokio-2020 litsenziatlarini, ularning yaqinlari va murabbiylarini, federatsiya va assotsiatsiyalarimizni qoʻlga kiritilgan yoʻllanmalar bilan muborakbod etib, boʻlajak Olimpiadada yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlarini tilab qoladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring