Tokio — 2020 Paralimpiya oʻyinlarining navbatdagi chempioni — Safiya Burxanova!

08:17 03 Sentyabr 2021 Sport
821 0

Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlaridan kelayotgan xushxabarlar davom etadi. Hozirgina para-yengil atletikaning F12 klassida ayollar oʻrtasida yadro uloqtirish boʻyicha final bahslari yakunlandi.

Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Safiya Burxanova 14.78 metr natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Taʼkidlash kerakki, bu mavsumdagi eng yaxshi natija sifatida ham qayd etildi. Ikkinchi oʻrin italiyalik Assunta Legnatega (14.62) nasib etgan boʻlsa, meksikalik Rebeka Alvares (13.72) kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

Eslatib oʻtamiz, Safiya Burxanova Rio-2016 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida kumush medalini qoʻlga kiritgan edi. Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 17 taga yetdi: 7 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?