Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlari: Shohsanam va Firdavs finalda
Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarining navbatdagi kun bahslari boshlandi. Erta tongda 3 nafar para-suzuvchimiz final yoʻllanmasi uchun kurashdi.
Dastlab Firdavsbek Musabekov 100 metrga brass usulida suzish bahsida oʻz guruhida 2-oʻrin bilan hal qiluvchi bosqichga yoʻl oldi. Shundan soʻng Shohsanam Toshpoʻlatova ham toʻrtinchi natija bilan final ishtirokchisiga aylandi. Afsuski, Nigora Mirzohidovadan omad yuz oʻgirdi va u saralashda oʻz chiqishini toʻxtatdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Shu tariqa, Musabekov Toshkent vaqti bilan soat 15:02 da, Toshpoʻlatova esa 15:08 da medallar uchun kurashda qatnashadigan boʻldi. Hamyurtlarimizga boʻlajak bellashuvlarda omad tilab qolamiz!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring