Tokio-2020: para dzyudochi Uchqun Quronboyev Oʻzbekistonga dastlabki oltin medalni taqdim etdi
Yaponiyaning Tokio shahrida davom etayotgan Paralimpiya oʻyinlari doirasida bugun dzyudo musobaqalariga start berildi.
Para dzyudo boʻyicha bugunga belgilangan bahslarga erkaklar oʻrtasida -66 kg vazn toifasidagi bellashuvlar yakun yasab berdi. Eʼtiborlisi, bugungi para dzyudo musobaqalari hamyurtimiz Uchqun Quronboyev ishtiroki bilan yakunlandi. Oltin medal uchun kechgan bahsda Uchqun ispaniyalik para dzyudochi Serxio Ibanezga qarshi tatamiga chiqdi.
Garchi bellashuv davomida hamyurtimiz biroz faolroqdek koʻringan boʻlsada, afsuski asosiy vaqtda gʻolib aniqlanmadi. Qoʻshimcha boʻlimlarda esa Uchqun tomonidan ishlatilgan usul «Vazari» bahosi bilan baholandi va bu hamyurtimizga Paralimpiya oʻyinlarining oltin medalini taqdim etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring