Tokio-2020: Oʻzbekistonlik taekvondochilarning raqiblari maʼlum boʻldi
Ertaga Yaponiyaning Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari rasman ochiladi. Bugun esa bir qator sport turlari boʻyicha qurʼa tashlash marosimlari oʻtkazilib, olimpiyachilar oʻz raqiblarini bilib olishdi. Jumladan, taekvondo musobaqalariga ham qurʼa tashlandi.
Unga koʻra, 25-iyul kuni dayanga chiqadigan Ulugʻbek Rashitov dastlabki bosqichda Mali davlati sportchisi Seydu Fofanaga qarshi jang qiladi. Ushbu juftlik gʻolibi 1/8 finalda koreyalik Li Dae Xun bilan kuch sinashadi.
26-iyul kuni Nigora Tursunqulova nimchorak finalda xitoylik Jang Mengyu bilan toʻqnash keladi. Xuddi shu kuni hamyurtimiz Nikita Rafalovich nimchorak finalda Dominikan Respublikasi vakili Moyzes Ernandes bilan jang qiladi.
Nihoyat 27-iyulda Svetlana Osipova 1/8 finalda qozogʻistonlik Jansel Deniz bilan bahs olib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring