Tokio 2020: Oʻzbekistonlik sportchilar tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi
Yaponiyaning Tokio shahrida Koronavirus pandemiyasi sabab dunyo sport jamoatchiligi 5 yil kutgan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boshlandi.
Marosimda ishtirokchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida qatnashchilarning soniga cheklovlar qoʻyilgan. paradda birinchi boʻlib zamonaviy Olimpiya oʻyinlarining asoschisi hisoblanmish Gretsiya chiqib keladi. Shundan soʻng mezbon davlat alifbosi boʻyicha davlatlar ketma-ketligi “Olimpiya stadioni”da koʻrinish beradi. Oʻzbekiston nomi yapon alifbosida oldi qatorlardan boʻlib, tartib raqam boʻyicha 25-oʻrindan joy oldi. Maydonda Oʻzbekiston bayrogʻini bokschi Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulova olib chiqdi.
XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari 23-iyul – 8-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Unda Vatanimiz sharafini 17 sport turida 71 nafar vakilimiz himoya qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring