Tokio-2020: Oʻzbekistonlik dzyudochilar oʻz raqiblarini bilib olishdi
Hozirgina Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan dzyudo musobaqalari uchun qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Dzyudochilarimiz olimpiada bahslarini quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:
Erkaklar:
- -60 kg: Sharofiddin Lutfillayev birinchi davradan ozod qilingan, ikkinchi davrada Artyom Lesiuk (Ukraina)/Xose Ramov (Gvatemala) gʻolibiga qarshi,
- -66 kg: Sardor Nurillayev – Denis Viyeru (Moldova),
- -73 kg: Hikmatilloh Toʻrayev – Igor Vantdeke (Germaniya),
- -81 kg: Sharofiddin Boltaboyev – Ugo Kumbo (Vanatau),
- -90 kg: Davlat Bobonov – Nikolas Mungai (Italiya),
- -100 kg: Muhammadkarim Xurramov – Benjamin Fletcher (Irlandiya),
- +100 kg: Bekmurod Oltiboyev – Durenbayar Ulzibayar (Moʻgʻiliston).
Ayollar:
- -52 kg: Diyora Keldiyorova – Sosorbaram Lxagvasuren (Moʻgʻiliston)
- -63 kg: Farangiz Hojiyeva – Sandrin Billet (Kabo-Verde)
- -70 kg: Gulnoza Matniyazova – Demos Memneloum (Chad)
Aralash jamoaviy bahslarda ham vakillarimizning omadi chopdi, deyish mumkin. Chunki, dzyudo musobaqalarida biz uchun oʻta noqulay raqib, qolaversa mezbon Yaponiya bilan faqat finalda toʻqnash kelishimiz mumkin. Shuningdek, dzyudo olamida yetakchilardan boʻlgan Rossiya, Janubiy Koreya, Moʻgʻuliston kabi terma jamoalar bilan ham finalga qadar yoʻlimiz kesishmaydi. Ushbu yoʻnalishda ilk davrada Niderlandiyaga qarshi bahs olib boradigan dzyudochilarimiz agar gʻalaba qozonishsa, ikkinchi davrada Braziliya bilan kuch sinashadi.
Eslatib oʻtamiz, dzyudo bellashuvlari 24-iyul kuni erkaklar oʻrtasidagi -60 kg hamda ayollar oʻrtasidagi -48 kg vazn toifalaridagi bahslar bilan boshlanadi. Shu kunning oʻzida har ikki vazn toifasida Olimpiya chempionlari aniqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring