Tokio-2020: Oʻzbekiston para dzyudo musobaqalarida umumjamoa hisobida 2-oʻrinni egalladi

18:49 30 Avgust 2021 Sport
676 0

Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlari doirasida para dzyudo dasturi oʻz nihoyasiga yetdi.

Eʼtiborlisi, para dzyudochilarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan holda umumjamoa hisobida 2-oʻrinni egallashdi.

Shu oʻrinda taʼkidlash lozim, para dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga jami 12 nafar sportchi bilan yoʻl olgan edi. Shulardan 7 nafari erkaklar, 5 nafari ayollar.

Afsuski, Tokioga yetib borgach, 3 nafar para dzyudochimiz – Lobar Xurramova, Sevinch Salayeva hamda Vasila Aliboyevada koronavirus infenksiyasi aniqlandi va shu sababli ular musobaqada ishtirok eta olishmadi. Yana bir sportchimiz Shuhrat Boboyev esa bronza medali uchun bellashuvni davom ettirayotgan edi, biroq kutilmagan jarohat tufayli u ham kurashdan chiqdi. Oʻta ogʻir vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Shirin Sharipov esa hakamlar tomonidan raqibiga nisbatan qoidaga zid usulni qoʻllagani uchun diskvalifikasiya qilindi. Vaholangki, unda ham medal olish imkoniyati yuqori edi.

Shunga qaramasdan, tatamida haqiqiy iroda namoyish eta olgan Oʻzbekiston para dzyudochilari umumjamoa hisobida Buyuk Britaniya, Eron va Braziliya kabi terma jamoalarni ortda qoldirishga erishdi.

Paralimpiya oʻyinlarining para dzyudo musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimiz:

Erkaklar

-66 kg: Uchqun Quronboyev – oltin,

-73 kg: Feruz Sayidov – oltin,

-81 kg: Dovurxon Karomatov – kumush,

-100 kg: Sharif Halilov – bronza.

Ayollar

-57 kg: Parvina Samandarova – kumush,

-63 kg: Nafisa Sheripboyeva – bronza.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер