Tokio-2020: Oʻzbekiston bayroqdorlari oʻzgarganiga munosabat bildirildi

14:09 23 Iyul 2021 Sport
967 0

Bugun sanoqli soatlardan soʻng Yaponiyaning Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boshlanadi.

Avvalroq, afsonaviy gimnastikachimiz Oksana Chusovitina va bokschimiz Bobousmon Baturov Oʻzbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari boʻlishi maʼlum qilingan edi. Soʻnggi pallada mamlakatimiz sport delegatsiyasi bayroqdorlari oʻzgardi. Bu holat muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Turizm va sport vazirligi mazkur holatga izoh berdi.

Vazirlikning izohlashicha, ertaga Bobousmon Baturov ringga chiqishi kerak. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan ochilish marosimida ishtirok etadigan har bir kishi tadbirdan bir necha soat oldin stadionga yetib borishi, tadbir davomida tik oyoqda turishi, tekshiruvlardan oʻtishi lozim. Bu esa sportchilarni urintirib qoʻyishi tabiiy.

“Shuni inobatga olgan holda mamlakatimiz delegatsiyasi rahbariyati bayroqdorlarni oʻzgartirishga qaror qildi. Bobousmonning oʻrnini oʻzbek boksi faxri Bahodir Jalolov egalladi.

Oʻz navbatida 25-iyul kuni bahslarga kirishadigan Oksana Chusovitina ham oʻzining soʻnggi olimpiadasiga jiddiy hozirlik koʻrish maqsadida oʻz oʻrnini boʻshatdi va sport gimnastikasi afsonasini Nigora Tursunqulova almashtirdi”, deyiladi vazirlik izohida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?