Tokio-2020: Oʻzbek sportchilaridan dastlabki gʻalaba

07:39 25 Iyul 2021 Sport
1807 0

Kecha Yaponiyaning Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari boshlandi. Avval xabar berganimizdek, afsuski musobaqaning ilk kuni vakillarimiz uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi.

Ammo, ikkinchi kungi bahslarni gʻalaba bilan boshlab oldik. Biroz avval taekvondo boʻyicha bellashuvlarga start berildi. Unda hamyurtimiz Ulugʻbek Rashitov erkaklar oʻrtasida -68 kg vazn toifasida oʻzining dastlabki jangini oʻtkazdi va muxlislarimizga Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlaridagi dastlabki gʻalabani tortiq qildi.

Hamyurtimiz dastlabki saralash bosqichida malilik Seydu Fofana raqiblik qildi. Murosasiz kechgan jangda vakilimiz 38:17 hisobida gʻalaba qozonib, chorak finalga yoʻl oldi. Hamyurtimiz yarim final yoʻllanmasi uchun 3 karra jahon chempioni, Olimpiya oʻyinlarining 2 karra sovrindori janubiy koreyalik Li De Xunga qarshi dayanga chiqadi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?