Tokio — 2020 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari boshlanishiga oz qoldi: atletlarimizda qancha yoʻllanma naqd?
Bugun poytaxtimizdagi “HILTON” mehmonxonasida “Sport hamma uchun” loyihasi doirasida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni paralimpiya sport turlari bilan keng qamrab olish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va jamiyatga integratsiya qilish mavzusida konferensiya boʻlib oʻtganidan xabaringiz bor.
Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – turizm va sport vaziri A.Abduhakimov ham ishtirok etdi.
Tadbirda vazir ommaviy axborot vositalari xodimlariga tobora yaqinlashib kelayotgan Tokio-2020 yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga mamlakatimiz sportchilari tomonidan shu kunga qadar qancha yoʻllanma qoʻlga kiritilganligi haqidagi maʼlumotlarni taqdim etdi.
«Ayni paytga kelib Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlariga mamlakatimiz sportchilari 73ta litsenziyani qoʻlga kiritishgan boʻlsa, paralimpiyachilarimiz tomonidan 43ta litsenziya naqd qilingan. Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Toshxoʻjayevning maʼlum qilishicha, hali Paralimpiya oʻyinlariga saralash jarayoni davom etmoqda va yoʻllanmalar soni yana oshishi mumkin», - deb taʼkidladi Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov.
Taqqoslash uchun, Rio-2016 Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini atigi 32 nafar sportchimiz himoya qilishgan edi. Koʻrinib turibdiki, mamlakatimizda paralimpiya sporti jadal rivojlanib bormoqda va buning samarasi raqamlarda ham oʻz aksini topmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring