Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining boshlanishiga roppa-rosa 90 kun qoldi

20:06 25 Aprel 2021 Sport
821 0

Фото: Ҳасан Пайдоев/"Халқ сўзи"

Bugun Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining boshlanishiga roppa-rosa 90 kun qoldi. Ushbu sana munosabati bilan bugun MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tomonidan “Tokioga 90 kun” mavzusida xalqaro seminar boshlandi.

Фото: Ҳасан Пайдоев/"Халқ сўзи"

Tadbir avvalida MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov soʻz olib, sportdagi yutuqlarda tibbiyot sohasining oʻrni, bugungi anjumanning oʻzbek sporti uchun ahamiyati haqida gapirib oʻtdi.

Фото: Ҳасан Пайдоев/"Халқ сўзи"

“Avvalo, ushbu ilmiy anjuman tashkilotchilariga Oʻzbekistonda sport, sport tibbiyotini rivojlantirishga qoʻshayotgan ulkan hissasi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Sportdagi zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda atletlarimizni Tokio Olimpiadasiga tayyorlash RSTIAM jamoasi xodimlarining asosiy vazifalaridan. Qolaversa, bugungi konferensiya ushbu fikrimizning yana-da dolzarbligini taʼkidlaydi. Oldimizda Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari, Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari kabi yirik musobaqalar turibdi. Biz ularga ham ushbu Markazimiz jamoasi bilan ilm-fanning soʻnggi yutuqlaridan foydalangan holda birgalikda tayyorlanamiz. Shuningdek, diyetologiya va psixologiya masalalariga alohida eʼtibor qaratish lozim, chunki bu sohalarsiz sportchilarni musobaqalarga toʻliq tayyorlash mumkin emas. Muhtaram Prezidentimiz sport sohasini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratayotgani va ushbu yoʻnalishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotganini alohida taʼkidlashni istardim. Ishonch bilan aytishim mumkinki, Yurtboshimizning qoʻllab-quvvatlashi tufayli sportchilarimiz jahon arenalarida Oʻzbekiston bayrogʻini yana-da baland koʻtarishadi”, dedi MOQ raisi.

Seminarda Rossiya, Turkiya, Germaniyadan tashrif buyurgan malakali shifokorlar qatori hamyurtlarimiz ham ishtirok etishmoqda. Anjumanda mutaxassislar sohada innovatsion texnologiyalardan foydalanish, sportda travmatizm muammolari, sport genetikasi, jarohatlarga toʻgʻri tashxis qoʻyish, reabilitatsiyada lazer, magnit va zarb-toʻlqinli terapiyani qoʻllash kabi mavzularida maʼruzalar qilishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?