Tokio-2020 oʻyinlari teletomoshabinlar tomonidan tarixdagi eng koʻp koʻrilgan Olimpiada boʻldi, bahslarni 3 milliard inson tomosha qilgan

12:50 03 Yanvar 2022 Sport
1292 0

2021-yil Yaponiyada oʻtkazilgan yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari koronavirus pandemiyasi xavfi tufayli tomoshabinlarsiz oʻtkazildi. Ammo Tokio-2020 (bir yil keyin oʻtkazildi) oʻyinlari teletranslyatsiyalar orqali eng koʻp koʻrilgan Olimpiada boʻlgani maʼlum boʻldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Buni Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax oʻzining dunyo Olimpiya oilasiga yoʻllagan Yangi yil tabrigida aytib oʻtdi.

XOQ rahbarining fikrlariga koʻra, Tokio-2020 oʻyinlari yuqori saviyada oʻtkazildi va teletomoshabinlar tomonidan musobaqa tarixida shu paytgacha eng koʻp koʻrilgan Olimpiada boʻldi.

Uning maʼlum qilishicha, bahslarni 3 milliard inson tomosha qilgan. Tomas Bax, shuningdek, hozirda Olimpiya oilasi Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlarini ham yuqori saviyada oʻtkazishga eʼtibor qaratganini qayd etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?