“Tokio — 2020” yoʻllanmalarining 70 foizi taqsimlab boʻlindi
Barchamiz orziqib kutayotgan “Tokio — 2020” Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari startiga 67 kun qoldi. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining maʼlum qilishicha, ayni paytga kelib litsenziyalarning 70 foizi oʻz egalarini topgan, deyiladi MOQ matbuot xizmati xabarida..
Raqamlar boʻyicha aytadigan boʻlsak, hozirda 7800 dan ortiq sportchi Olimpiada ishtirokchilariga aylanib ulgurdi. Hozirgi kunga kelib, reyting va kvalifikatsion turnirlar orqali bir qator sport turlarida oʻynaladigan yoʻllanmalar oʻz egalarini kutmoqda.
Futbol, sport kurashlari, velosportning shosse va trek, gandbol, chim ustida xokkey, voleybol, qoyaga chiqish, suv polosi, suvga sakrash, ot sporti boʻyicha yoʻllanmalar taqsimlab boʻlingan. 5-iyulgacha barcha sport turlari boʻyicha litsenziyalar toʻliq taqsimlanadi.
Eslatib oʻtamiz, hozirgacha Oʻzbekiston delegatsiyasi Olimpiya oʻyinlariga 41 ta, Paralimpiya oʻyinlariga esa 16 ta yoʻllanma qoʻlga kiritgan. Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari 23-iyul – 8-avgust, Paralimpiya oʻyinlari esa 24-avgust – 5-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring