Tokio-2020: Feruz Sayidov Oʻzbekiston terma jamoasiga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi

13:15 28 Avgust 2021 Sport
1281 0

Avval xabar berganimizdek, erkaklar oʻrtasida -73 kg vazn toifasidagi yarim final bahsida Feruz Sayidov rossiyalik Vasiliy Kutuyevni magʻlub etib, finalga chiqqan edi.

Finalda unga qozogʻistonlik Temirjan Daulet raqiblik qildi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan kurashda Sayidov ippon bahosi evaziga 10:0 hisobida gʻalaba qozondi va oltin medalga sazovor boʻldi.

Maʼlumot uchun, Feruz Sayidov Rio-2016 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.

Ushbu natijadan soʻng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 9 taga yetdi: 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?