Tokio-2020: Dzyudochi Davlat Bobonov bronza medalini qoʻlga kiritdi

16:06 28 Iyul 2021 Sport
1178 0

Oʻzbekistonlik dzyudochi Davlat Bobonov (-90 kg) “Tokio-2020” Olimpiya oʻyinlaridagi bronza medalni qoʻlga kiritdi.

Sovrin uchun kechgan bellashuvda hamyurtimiz turkiyalik Mixael Zgank ustidan sof gʻalabaga erishdi. 
Bu oʻzbekistonlik sportchilar tomonidan  “Tokio-2020”da qoʻlga kiritilgan ikkinchi medal hisoblanadi. Bungacha taekvondochimiz Ulugʻbek Rashitov oltin medalga sazovor boʻlgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?