“Tokio — 2020” : bokschimiz Shahobiddin Zoirov chempionlikni himoya qilishga kirishdi

08:45 26 Iyul 2021 Sport
849 0

Boks boʻyicha Rio-2016 chempioni Shahobiddin Zoirov (-52 kg) oʻz sovrinini himoya qilishni boshladi. Vakilimiz hozirgina turkiyalik raqibini magʻlub etdi.

Tajriba va mahorat bobida ancha ustun boʻlgan Zoirov Batuxan Chiftchiga deyarli imkoniyat qoldirmadi. Bahsni boshqarib borgan hakamlarning barchasi Shahobiddinning gʻalabasini eʼtirof etishdi. Vakilimiz keyingi davrada Kabo-Verde vakili David De Pinaga qarshi ringga koʻtariladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?