Toifalarga ajratilgan tumanlarda kambagʻallikni qisqartirish ishlari yangicha tashkil qilinadi

18:09 25 Yanvar 2023 Siyosat
381 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Yangi tizimga koʻra, tumanlar alohida toifalarga ajratildi. Yigʻilishda 4 va 5-toifalarga kirgan ogʻir tumanlar hokimlari oʻz ish uslublari va yondashuvlarini oʻzgartirishi shartligi qayd etildi.

Masalan, bugun Surxondaryoning barcha tumanlariga respublikadan tajribali kadrlar hokim qilib qoʻyildi.

Shu bilan birga, ushbu tumanlarda kambagʻallikni qisqartirish ishlari ham yangicha tashkil qilinadi. Bunda:

— birinchi bosqichda “temir daftar”, “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” yagona tizimga birlashtirilib, har bir oilaning yagona raqamli pasporti ishlab chiqiladi;

— ikkinchi bosqichda har bir oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual dasturlari tuziladi;

— uchinchi bosqichda oila uchun kasb-hunarga oʻqitish, tadbirkorlik loyihasi amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер