Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi MCHJga aylantirildi

12:31 08 Sentyabr 2022 Jamiyat
463 0

“Oʻzbekiston Respublikasining Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–215-son, 07.09.2022-y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq “Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasining boshqaruv kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali 100 million AQSH dollariga teng “Oʻzbekiston Respublikasining Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi” MCHJ shaklidagi investitsiya kompaniyasi sifatida qayta tashkil qilindi.

Investitsiya kompaniyasining ustav kapitali 1 milliard AQSH dollariga yetkaziladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Investitsiya kompaniyasining Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi.

Investitsiya kompaniyasi investitsiyalarni quyidagi usullar bilan jalb qiladi:

— kredit (qarz) olish va Investitsiya kompaniyasining ustav kapitaliga investorlarning pul mablagʻlarini jalb qilish;

— yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitalida), shu jumladan mol-mulk sotib olish yoʻli bilan ishtirok etish;

— yirik institutsional va strategik investorlar bilan hamkorlik oʻrnatish, shu jumladan nufuzli xalqaro moliya markazlarining yurisdiksiyalaridan foydalanish.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?