Toʻgʻon bilan bogʻliq muammo mavjud emas — “Oʻzbekgidroenergo” AJ

13:14 22 Iyun 2022 Jamiyat
369 0

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida joylashgan “Toʻpаlang" suv ombori toʻgʻoni suv qoʻyib yuborgani va atrofni suv bosganligi toʻgʻrisidagi asossiz (feyk) maʼlumotlar tarqatilmoqda.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ mazkur voqea yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi. 

"Hozirda Toʻpаlang" suv ombori qoshida barpo etilgan Toʻpolang GESda 2-komponent modernizatsiya loyihasi amalga oshirilayotganligi munosabati bilan bosimli quvurda sinov ishlari oʻtkazilgan vaqtda bosim quvuri toʻsini orqali 40 m3 suv chiqqan.

Toʻgʻon bilan bogʻliq muammo mavjud emas. Xavotirga oʻrin yoʻq!

Ayni paytda ushbu nosozlik toʻliq bartaraf etildi. 40 m3 suv toʻliqligicha kanalga yoʻnaltirildi.

Yurtdoshlarimizdan turli mazmundagi asossiz xabarlarga ishonmaslikni, ortiqcha vahimaga berilmaslikni soʻraymiz" deyiladi maʼlumоtda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?