Togʻli va togʻoldi hududlarda sel-suv toshqini xavfi eʼlon qilindi

21:03 22 May 2024 Jamiyat
564 0

Oʻzgidrometning xabar berishicha, joriy yilning 23-26-may kunlari Oʻzbekistonning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Unga koʻra, ertaga, 23-may kuni choʻl hududlarda, 24-26-may kunlari esa respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 

Kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli, joriy yilning 23-26-may kunlari respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi xavfi bor. Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli yuqori, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

“Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер