TIV Xitoyda boʻlib turgan yoki borishni rejalashtirayotgan oʻzbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

17:43 25 Yanvar 2021 Jamiyat
1025 0

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti eʼlon qilindi.

Soʻnggi kunlarda Xitoyning turli hududlarida, jumladan, Pekin shahri aholisi oʻrtasida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning yangi holatlari roʻy bergani munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi Xitoyda boʻlib turgan va mazkur mamlakatga kelishni rejalashtirayotgan vatandoshlardan quyidagilarga eʼtibor qaratishlarini soʻraydi:

1. XXR Hukumatining koronavirus tarqalishini toʻxtatish hamda kasallik oqibatlarini bartaraf etish yoʻlidagi saʼy-harakatlari va koʻrayotgan chora-tadbirlariga qatʼiy rioya etish.

2. 2021-yil 19-yanvardan eʼtiboran xorijiy mamlakatlardan poytaxt Pekinga keladiganlar sogʻligini nazoratga olish uchun karantin muddati 28 kungacha uzaytirildi. Xorijdan Xitoyning boshqa shaharlari orqali Pekinga kirmoqchi boʻlganlar poytaxtga kirishdan oldin oʻsha shaharlarda 21 kun karantinda boʻladi. Pekinga yetib kelgach, ularning salomatligi 7 kun davomida yana kuzatuvga olinadi.

3. Xitoydan Oʻzbekistonga qaytish istagida boʻlgan vatandoshlarga “Sian–Toshkent-Sian” yoʻnalishida charter havo qatnovlarini amalga oshirayotgan Xitoy aviakompaniyasi xizmatlaridan foydalanishi tavsiya etiladi. Talabalik guvohnomasini taqdim etgan talabalar uchun aviachipta xarid qilishda chegirma mavjud. Aviakompaniya vakili: +86 136 6656 9568.

4. Oʻzbekiston fuqarolari XXR hududidan Seul shahriga (Koreya Respublikasi poytaxti) yetib olishi va aeroport tranzit hududidan chiqmagan holda haftaning har juma kuni “Uzbekistan Airways” AJ amalga oshirayotgan “Toshkent-Seul-Toshkent” yoʻnalishidagi reyslar orqali Vatanga qaytishlari mumkin. Aviakompaniyaning Pekin va Seul shaharlaridagi vakillari:

Trobov Murod Hakimjonovich, tel.: +8618401969633 (Pekin)

Abdullayev Ayubxon Kamilovich, tel.: +821087186850 (Seul)

5. Oʻzbekistonga qaytgan va oʻqishni/mehnat faoliyatini davom ettirish maqsadida Xitoyga qaytishni rejalashtirayotgan vatandoshlarga taʼlim muassasasi/ish beruvchi bilan bogʻlanib, oʻzlarining Xitoyga qaytishlari boʻyicha maslahatlashib olish tavsiya etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Xitoydagi Elchixonasi Konsullik boʻlimi

Bobur Yaxyayev +86 135 1102 4242

Faxriddin Suleymanov +86 155 1004 3355

Oʻzbekiston Respublikasining Xitoydagi Elchixonasi masʼul xodimlari

Rustam Nazarov +86 138 0122 1452

Akmalxon Olimxonov +86 185 0017 0040

Mansur Ibragimov +86 135 5220 7848

Sardor Sirojov +86 186 1812 9040

Avaz Kamalov +86 178 1070 2707

Oʻzbekiston Respublikasining Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi masʼul xodimi

Aziz Ulugʻbekov +86 131 2255 5772

Oʻzbekiston Respublikasining Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi masʼul xodimi

Rahmon Ernazarov +86 186 6485 5747

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?