Tinchlik va ogʻzibirchilik qadri tarannum etildi

Foto: president.uz
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida millatlararo totuvlikka bagʻishlangan madaniy tadbir boʻldi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Qariyb yuz yillik tarixga ega ushbu muassasa sanʼat rivojida, yoshlar tarbiyasi va aholining madaniy hayotida munosib oʻringa ega. Oxirgi yillarda teatr joriy taʼmirlanib, asbob-uskunalar yangilandi. 2017-yilda unga akademik teatr maqomi berildi.
Davlatimiz rahbari bu yerda yoshullilar, sanʼat sohasi vakillari bilan birga badiiy dasturni tomosha qildi.
Qoraqalpogʻistonda koʻplab millat vakillari ahil va totuv yashamoqda. Dasturda shu jihat taʼsirchan talqinlarda ifodalandi. Xalq dostonlaridan parchalar, “Shagʻala”, “Dembermes”, “Nigarim” kabi kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. Alisher Navoiy, Berdaq, Maxtumquli va Abay ijodidan namunalar oʻqildi. Oʻzbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov qalamiga mansub “Tugʻishganlik” sheʼri va “Oʻzbekiston” qoʻshigʻida millatlararo totuvlik, ogʻzibirchilik, tinchlik qadri tarannum etildi.
Prezidentimiz shu yerda qoraqalpogʻistonlik ijodkorlar, madaniyat sohasi vakillari bilan muloqot qildi. Badiiy dasturni yuqori baholadi.
Oʻzbek va qoraqalpoqlar ikki tilli bir el. Asrlar davomida birga yashab, doʻst, qarindosh boʻlib, bir xalqqa aylanib ketgan. Ular bugun mamlakatimiz tinchligi va taraqqiyoti yoʻlida hamjihat. Bu nafaqat sahnada, balki hayotimizda ham oʻz ifodasini topmoqda.
Davlatimiz rahbari ushbu qadriyatlarni ulugʻlovchi asarlarni koʻproq qoʻyish, gastrollarga chiqib, yoshlarni teatrga qaytarish, madaniyatini boyitish muhimligini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti qoʻshma korхonalarni ishga tushirdi va Xitoy ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi
- “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
- “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammiti. Ikkinchi kundan fotoreportaj
- Oʻzbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi samarali boʻldi
- Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida 20-may kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring