Time jurnali dunyodagi eng zoʻr 50 ta joyni eʼlon qildi

12:02 14 Iyul 2022 Dunyo
596 0

Foto: Illustrativ foto

Amerikaning Time jurnali 2022-yilning “Dunyodagi eng zoʻr joylar” roʻyxatini taqdim etdi. Unda jami 50 ta joy tanlab olingan, jumladan Oʻzbekiston ham.

Time yozishicha, joriy yilning kuzida Samarqandda 640 gektarlik “Ipak yoʻli” majmuasi ochiladi. Unga dunyoning yetakchi mehmonxonalari roʻyxatiga kiritilgan 22 qavatli Samarkand Regency Amir Temur va yana yettita mehmonxona kiradi. Shu yilning kuzida Oʻzbekistonda birinchi “Ipak yoʻli” adabiy festivali ham boʻlib oʻtadi.

Bundan tashqari, jurnal yapon meʼmori Tadao Ando rahbarligida Toshkentdagi Davlat sanʼat muzeyi faoliyatini kengaytirishga eʼtibor qaratadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?