Time yil odamini aniqladi. U 16 yoshli ekofaol qiz.

AQSHning Time jurnali tomonidan iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash timsoli deya hisoblanayotgan shvetsiyalik 16 yoshli ekofaol qiz Greta Tunberg 2019-yil odami deb topildi. Bu haqida nashrning oʻzi xabar berdi.
Greta jurnal tarixida mana shunday nominatsiyaga loyiq topilgan eng yosh laureat boʻldi.
Jurnal tahririyat nega aynan Tunberg yil odami etib tanlanganiga izoh berdi.
Jurnalistlarning qayd etishlaricha, yosh faolning tarixi “oʻsmirlikning portlash davri”dagi avvaliga yakka aksiyadan boshlangan boʻlsa-da, keyinchalik uning gʻoyasi “butun jahon yoshlar harakati”ga asos soldi.
Greta maktabda oʻz noroziligini bildirishdan BMT Bosh kotibi hamda Rim papasi bilan uchrashishgacha yetib bordi.
U insonning oʻzi uchun yagona boʻlgan uy(sayyora nazarda tutilyapti)ga munosabati haqida bong urdi, oʻz ovozini har qanday chegaralar va toʻsiqlardan qoʻrqmasdan baralla aytdi. Shu yoʻl bilan bugungi kun yosh avlodi nimaga qodir ekanligini koʻrsata oldi.
Bularning barchasi uchun u Amerikadagi eng nufuzli jurnal tomonidan eʼtirof etildi.
Tunberg bu borada AQSH prezidenti Donald Tramp, XXR raisi Si Szinpin, Facebook rahbari Mark Sukerberg, Trampning shaxsiy advokati Rudolf Juliani va Gonkongdagi norozilik namoyishlari ishtirokchilarini ortda qoldirib ketdi. Zero, ular ham ushbu mukofotga nomzodlar orasidan doy olishgandi.
Oxirgi ikki yilda Time yil odami sifatida jamoani tanlab kelayotgan edi. Nashr oʻz mukofotini 2017-yilda tazyiq va jinsiy zoʻravonlikka qarshi kurashgan “sukunatni buzuvchilar”, 2018-yilda oʻz qarashlari va materiallari tufayli haydalgan jurnalistlarga berilgandi. 2016-yilda esa yil odami deb saylovlarda gʻalaba qozongan Donald Tramp topilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring