“Tik-Tok” salkam 13 million funt sterling miqdorida jarimaga tortildi

02:50 10 Aprel 2023 Dunyo
783 0

Foto: Arxiv surat

“Tik-Tok” Buyuk Britaniyaning maʼlumotlarni nazorat qiluvchi tashkiloti tomonidan bolalar shaxsiy hayotini himoya qilmagani uchun 12,7 million funt sterling miqdorida jarimaga tortildi.

“Tik-Tok” maʼmuriyati hisob qaydnomasini yaratish uchun minimal yosh sifatida 13 yoshni belgilaganiga qaramay, ushbu yoshdagi koʻpchilik bolalar ijtimoiy tarmoqqa kira olganligi bunga sabab boʻlgani taʼkidlanmoqda.

“Tik-Tok” maʼmuriyati ushbu holatda jarima miqdori boʻyicha shikoyat qilish huquqiga ega. Bunda, ish qayta koʻrib chiqilib, yakuniy qaror bilan jarima miqdoriga aniqlik kiritiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер