Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi

11:00 10 Noyabr 2025 Jamiyat
170 0

“Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–336-son, 09.11.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, mazkur qarorga koʻra, 2026-yildan davlat tibbiyot muassasalari xodimlari Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan har yili mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorida ragʻbatlantiriladi.

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan har yili quyidagi nominatsiyalar boʻyicha tanlov oʻtkaziladi:

  • “Eng yaxshi respublika shifoxonasi rahbari”, “Eng yaxshi hududiy sogʻliqni saqlash organi rahbari”;

Har bir hududda:

  • “Eng yaxshi tuman (shahar) sogʻliqni saqlash organi rahbari”, “Eng yaxshi oilaviy poliklinika rahbari”, “Eng yaxshi tuman (shahar) shifokori” va “Eng yaxshi tuman (shahar) oʻrta tibbiyot xodimi”;
  • “Eng yaxshi oilaviy poliklinika”, “Eng yaxshi tuman (shahar) shifoxonasi” va “Eng yaxshi hududiy shifoxona”.

Tanlov natijalari asosida gʻoliblar quyidagi miqdorlarda 1-martalik ragʻbatlantiriladi:

  • tibbiyot muassasalari – 500 mln soʻm;
  • tibbiyot va rahbar xodimlar – 30 mln soʻm.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?