Tibbiyot tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokamasi

14:24 25 Yanvar 2023 Jamiyat
185 0

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi ijrosiga bagʻishlangan muloqot boʻlib oʻtdi. Unda vazir Amrillo Inoyatov ishtirok etib, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha maʼruza qildi.

Taʼkidlash lozimki, 2022-yilda imzolangan 10 ta ichki normativ-huquqiy hujjat tizimda korrupsion holatlarning sezilarli darajada kamayishiga xizmat qilmoqda.

Qolaversa, 2023-yil tibbiyot sohasida “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb eʼlon qilinib, bu boradagi murojaatlarni qabul qilish uchun vazirning 91 403-17-73 mobil raqami hamda 71 241-10-65 “Ishonch telefoni”, 1003 va 1203 qisqa raqamli aloqa liniyalari ishga tushirildi.

Oʻrta tibbiyot xodimlarini ishga qabul qilishda elektron rezyume yuborish imkoniyati yaratilib, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali vacancy.argos.uz orqali tanlovlar eʼlon qilish yoʻli bilan malakali kadrlarni tanlab olish amaliyoti joriy etilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi oʻrtasida tibbiyot sohasini korrupsiyadan xoli qilish hamda bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida:

— bu borada qilinayotgan ishlarni jamoatchilik va OAVga taqdim etib borish hamda muhokama qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;

— tibbiyot muassasalariga ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish, sinov tadbirlarini internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida kuzatib borishni taʼminlash;

— ishga qabul qilish boʻyicha kelgan murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha; tibbiy uskuna va jihozlar talon-taroj qilinishining oldini olishga qaratilgan; muassasalar kesimida jami koykalar soni, ulardagi band qilingan hamda boʻsh turgan oʻrin(joy)lar haqida onlayn maʼlumot beruvchi qator elektron platformalar yaratish;

— vazirlikning rasmiy veb-saytida tizimdagi barcha muassasalar kesimida boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumotlarni aks ettirib borish;

— tibbiyot xodimlariga munosib mehnat sharoitini yaratish va daromadini oshirish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni belgilash;

— xizmatlar koʻrsatish texnologiyasi, kadr resurslari, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sarflanishi boʻyicha yagona reyestr yaratish;

— barcha tibbiyot muassasalari uchun yagona elektron bazani ishga tushirish, mablagʻlar sarflanishi ustidan qatʼiy jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy etish;

— tizimda korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan soha va yoʻnalishlarni davlat xizmatlari markazlariga oʻtkazish hamda elektronlashtirish rejasini ishlab chiqish;

— vazirlik markaziy apparati va hududiy tuzilmalarida alohida shtat birliklari asosida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi (“komplayens-nazorat”) faoliyatini samarali tashkil etish choralarini koʻrish kabi saʼy-harakatlarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер