Tibbiyot sohasidagi OTMlarni xalqaro TOP-1000 talikka kirishiga erishish rejalashtirilmoqda

14:28 20 Dekabr 2023 Jamiyat
212 0

“Aholi salomatligi — 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi.

Loyihaga koʻra:

Butunjahon tibbiy taʼlim federatsiyasi standartlarini barcha 11 ta oliy tibbiy taʼlim va 74 ta tibbiy texnikumlarda joriy etish;

Xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan (akkreditatsiyadan oʻtgan) professional va oliy tibbiy taʼlim dasturlarini 10 foizdan 50 foizga yetkazish;

Tibbiyot xodimlarini malaka oshirish bilan qamrab olish koʻrsatkichini 25 foizdan 50 foizga yetkazish;

8 ta oliy tibbiy taʼlim muassasalarining xalqaro eʼtirof etilgan TOP mingtalikka kiritilishiga erishish;

Ilmiy tadqiqot laboratoriyalar ulushini 20 foizdan 37 foizga, fundamental ilmiy tadqiqot ishlarini 100 foizga yetkazish taklif etilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер