Tibbiyot OTMning bitiruvchi kurs talabalari doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida amaliyot oʻtaydi
“Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (713-son, 25.11.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida 2021/2022 oʻquv yilidan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha yuridik shaxs boʻlmagan filiallar tashkil etiladi:
— akademik V.Vоhidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – xirurgiya;
— Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – kardioxirurgiya;
— Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – neyroxirurgiya;
— Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – urologiya;
— Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – nefrologiya.
Shuningdek, transplantologiya, endoxirurgiya,
Qarorga koʻra, 2022/2023 oʻquv yilidan barcha tibbiyot OTMning “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchi kurs talabalari oʻquv yilining 1-semestri (5 oy) davomida doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida amaliyot oʻtaydi hamda maʼruza va oʻquv mashgʻulotlarining nazariy qismi masofaviy shaklda olib boriladi.
Institut va Klinika tomonidan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish, kasalliklar profilaktikasi va sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda “Shahrixon tumani tajribasi” joriy qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring