Tibbiyot xodimlarida koronavirusga qarshi maxsus immunitet topildi

04:18 20 Noyabr 2021 Dunyo
882 0

Foto: Reuters

Britaniyalik olimlar shifoxonalarda ishlaydigan tibbiyot xodimlarining koronavirusga qarshi maxsus immunitetga ega ekanligini aniqlashdi. Bu haqda “Mitteldeutscher Rundfunk” radiosi olimlar maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.

Tadqiqotda Buyuk Britaniyadagi klinikalardan birida faoliyat olib borayotgan 58 nafar shifokor ishtirok etdi. Tadqiqot davomida ishtirokchilarda toʻrt oyda koronavirus aniqlanmadi. Bu davrda hatto ularning hamkasblari ish joyida infeksiyani yuqtirib olgan boʻlsa ham ularda kasallik alomatlari kuzatilmagan.

Tadqiqot davomida 20 shifokorda T-hujayra kontsentratsiyasining ortishi, yana 19 nafarida qoʻshimcha immun oqsili aniqlangan. Olimlar ularda kasallikning yuqish jarayoni toʻxtaganini aniqladilar. Ammo buning aniq sababi oʻrganilmagan. Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, ularning immuniteti infeksiyani tezda yengib oʻtadi va virus organizmga oʻrnashishga ulgurmaydi.

Avvalroq, niqob taqish koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlarini kamaytirishga eng samarali taʼsir qilishi aytilgan edi. Buyuk Britaniya, Avstraliya, Xitoy va boshqa mamlakatlar olimlarining fikricha, niqob taqish COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashda eng samarali chora hisoblanadi.

Niqob taʼqib kasallikni yuqtirishni 53 foizga, ijtimoiy masofa esa 25 foizga kamaytiradi. Shuningdek, qoʻllarni muntazam yuvish, antiseptik vositalardan foydalanish ham infeksiyadan saqlanishda samarali choralardan biri hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?