Tibbiy maʼlumotnomalar toʻliq elektron shaklga oʻtadimi?

17:33 07 Fevral 2023 Jamiyat
753 0

2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilingani haqida xabar bergandik.

Mazkur loyihadan aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish va uni sifatli tibbiy xizmatlar bilan taʼminlash, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, shuningdek, bemorlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratishga doir vazifalar ham oʻrin olgan.

Xususan, unga koʻra:

— vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalar berilishi bosqichma-bosqich elektron shaklga oʻtkaziladi.

Taxminiy muddatlar quyidagicha:

— Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida – 2023-yil 1-iyuldan boshlab;

— Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida – 2023-yil 1-oktyabrdan boshlab;

— respublikaning boshqa hududlarida – 2024-yil 1-yanvardan boshlab.

2024-yil 1-yanvardan boshlab tibbiy maʼlumotnomalarni qogʻoz shaklda talab qilishni taqiqlash koʻzda tutilmoqda.

Farmon loyihasi muhokamasi 2023-yil 17-fevral kuniga qadar davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер