Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining vazifalari belgilandi

10:08 14 Iyun 2021 Hujjatlar
763 0

Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga koʻra, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.

Agentlikning asosiy vazifalaridan biri, jumladan, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish hisoblanadi.

Agentlikka Prezident bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Shuningdek, Agentlik tarkibida yuridik shaxs hisoblanmaydigan, Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda byudjetdan tashqari “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyat yuritadi.

Agentlik oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur Agentlik 2021-yil 25-martdagi PF–6195-son Farmon (https://t.me/huquqiyaxborot/9397) bilan tashkil etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?