Tezkor tadbir: yashirin sex faoliyatiga chek qoʻyildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan alkogol mahsulotlarini qoʻlbola usulda yashirin ishlab chiqarish bilan shugʻullanayotgan “sexlar” faoliyatiga chek qoʻyildi.
Boshqarma tomonidan tuzilgan “Alkogol mahsulotlarini yashirin ishlab chiqarish va noqonuniy ravishda saqlash bilan shugʻullanuvchi shaxslar faoliyatiga chek qoʻyish” boʻyicha tuzilgan tezkor ishchi guruh tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Natijada Xoʻjayli tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning yashash manzili belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganida, ushbu xonadon yashirin sex sifatida foydalanib kelinayotganligi aniqlanib, undan qiymati 69 786 400 soʻmlik 697 litr spirt, 12 000 dona qalbaki aksiz markalari, 1234 dona “Qaratau” alkogol mahsuloti etiketkasi, 17 000 dona kapsula, 7760 dona boʻsh shishalar hamda qoʻl bola usulda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanadigan asbob va anjomlar ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarining noqonuniy ravishda aylanmada boʻlishi bilan bogʻliq navbatdagi holat ham boshqarmaning kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidanhamda QR IIV va “Nokis Vino zavodi” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Kegeyli tumanida fosh etildi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan “Orlando” rusumli avtotransport vositasida fuqaro har biri 0,5 litrdan boʻlgan 600 shisha jami 300 litr “Qaratau” nomli alkogol mahsulotini “shartli xaridorga” jami 11 500 000 soʻmga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan toʻxtatib qolindi.
Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring