Tezkor tadbir davomida kuchli taʼsir qiluvchi dorilar fosh boʻldi

19:40 22 Dekabr 2023 Jamiyat
577 0

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish tezkor xodimlari, DXX Toshkent shahar boshqarmasi hamda IIB YPX xodimlari bilan hamkorlikda, Toshkent shahar, Bektemir tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida “Sharq” YPX maskanida tezkor kuzatuvga olingan fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli, avtoulov toʻxtatilib, avtoulovda yoʻlovchi sifatida kelayotgan fuqaro Yusupovni tanasiga bogʻlab qoʻyilgan paket ichida 100 dona “Tropikamid” va 336 dona “Lirika” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Fuqaro Yusupovning koʻrsatmasiga asosan ushbu dori vositalari fuqaro Madaliyevga tegishli boʻlganligi maʼlum boʻldi va tezkor tadbir davom ettirilib fuqaro Madaliyev boshqaruvida boʻlgan “Lasetti” rusumli avtoulov “Sharq” YPX maskaniga kirib kelganida toʻxtatilib, yonidagi buyumlari tekshirilganda, eginidagi ichki kiyimi ichidan 54 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida jami 100 dona “Tropikamid” 336 dona “Lirika” hamda 54 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ish qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?