Tezkor: Shvetsiyada «Omikron»ning yangi mutatsiyasi aniqlandi. U Skandinaviya davlatlarida juda tez tarqalmoqda

21:35 17 Yanvar 2022 Dunyo
950 0

Illyustrativ foto

Shvetsiya akademik laboratoriyasida uch kishida koronavirusning «Omikron» shtammining yangi mutatsiyasi aniqlandi.

«Ushbu mutatsiya 14-yanvar kuni uch kishida qayd etilgan. «Omikron» bu turi BA.2 deb nomlangan. BA.2 oldingi versiya bilan raqobatlasha oladimi yoki yoʻqligini aniqlash uchun qoʻshimcha maʼlumotlar kerak», deyiladi manbada.

Qayd etishicha, yangi mutatsiya Skandinaviya davlatlarida juda faol tarqalmoqda. Masalan, BA.2 varianti allaqachon Daniya va Norvegiyada ham aniqlangan.

Avvalroq olimlar Kiprda koronavirusning yangi variantini aniqlagan edi. Mahalliy olimlarning fikricha, u “Delta” va «Omikron» shtammlarining duragayi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер