“Tez yordam” tizimida aholiga nechta reanimobil xizmat koʻrsatmoqda?

14:17 12 Aprel 2024 Jamiyat
760 0

Jahon tajribasida tez tibbiy yordam xizmatidagi avtotransport vositalaridan foydalanish muddati oʻrtacha 5-8-yilni tashkil etadi. Yurtimizda ham 8-yildan oshgan ana shunday avtomashinalarni yangilash belgilangan.

Xususan, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “103” xizmatida eskirgan avtoulovlarni bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish choralari koʻrilyapti.

Aytish kerak, bundan 6-7-yil avval “Tez yordam”da jami 1868 ta avtomashina bor edi. 2024-yilning ayni davriga kelib esa 3122 ta avtotransport vositasi aholiga sifatli xizmat koʻrsatyapti.

Jumladan, 2021-yil “103”da “B“ toifali 435 ta reanimobil boʻlgan boʻlsa, bugun bunday avtoulovlar soni 577 tani tashkil etmoqda.

Ularning:

227 tasi “Ford”;

216 tasi “Hyundai”;

46 tasi “Toyota”;

88 tasi “Nissan” kabi zamonaviy avtotransport vositalaridir.

Mazkur avtomashinalarning qulayligi shundaki, ularda tezkor reanimatsiya va yoʻl-yoʻlakay jarrohlik amaliyoti oʻtkazish imkoni mavjud. Zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan ushbu avtoulovlar xalqaro talablarga toʻla mos kelib, uning ichki qismi bemor va tibbiy brigada xodimlarining qulay joylashishi imkonini beradi.

Maʼlumot oʻrnida oʻtgan 2023-yil Respublika tez tibbiy yordam markazi avtoparki 685 ta, joriy yil fevral va mart oylarida yana 100 ta A toifali “Volkswagen Caddy” avtoulovlari bilan boyidi. Natijada bugunga kelib, tizimda bunday avtotransport vositalari soni 800 dan oshdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?