“Tez yordam” xodimini kaltaklagan fuqaroga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi — Sogʻliqni saqlash vazirligi

Foto: Sogʻliqni saqlash vazirligi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida chaqiruv asosida kelgan “Tez yordam” xodimiga xonadon egasi tomonidan jarohat yetkazilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 22-yanvar kuni soat taxminan 16:20 larda Toshkent tumani tez tibbiy yordam boʻlimiga Qoraboʻriq mahallasidan chaqiriq kelib tushgan. Shundan soʻng soat 16:30larda TTYO brigadasining erkak xodimlari — shifokor M.M. va feldsher U.U. belgilangan manzilga yetib borgan.
Xonadondagi muzlamada yiqilib, chap qoʻl suyagi yopiq sinishi jarohatini olgan bemor ayolga “103” brigadasi tomonidan darhol birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. Shu vaqtda uning 1999-yilda tugʻilgan oʻgʻli Oʻ.A. xonadonga kirib kelib, tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini haqorat qilgan.
Shunga qaramay, tibbiyot xodimlari bemorni shifoxonaga olib borgan vaqtda ayolning oʻgʻli kelib, feldsher — 1993-yilda tugʻilgan U.U.ni kaltaklab, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda jabr koʻrgan “Tez yordam” xodimi Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasiga olib borilgan. Tekshiruvlar natijasida u «Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, oʻng tomon yonoq sohasi koʻkargan jarohati, oʻng tomonlama yonoq sohasi va periorbital sohaning teriosti gematomasi» tashxisi bilan shoshilinch neyroxirurgiya boʻlimiga yotqizilgan. Hozir bemor belgilangan standartlar asosida tibbiy muolajalarni olmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur holatni oʻz nazoratiga olgan. Hozirda 24 yoshli fuqaro Oʻ.A. ichki ishlar organlari tomonidan protsessual tartibda ushlangan, holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring