Test imtihonida boshqa fuqaro oʻrniga kirmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

15:34 01 Noyabr 2022 Jamiyat
364 0

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Koreya Respublikasida shartnoma asosida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tugatib, Oʻzbekistonga qaytgan fuqarolar uchun Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan test imtihonlarida qoidalarni buzish oqibatlari haqida ogohlantirilganiga  qaramay, roʻyxatdan oʻtgan fuqaro M.F. oʻrniga boshqa fuqaro kirishga uringan vaqtida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

Test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 3 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum boʻlishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida yana bir bor ogohlantiramiz.

Imtihon jarayonida barcha tartib-qoidalarga rioya qilishga chaqiramiz!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?