Ilon Mask “Tesla”ning Berlindagi yangi zavodi qachon ish boshlashini maʼlum qildi

Foto: Reuters
"Tesla«ning Berlindagi yangi zavodi kelgusi oy boshida ilk elektromobillarini chiqarishi mumkin.
Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Maskka tayanib “Reuters” axborot agentligi xabar bermoqda. Kompaniya kelgusida kuniga 5 000 ta, eng yaxshi holatda esa 10 000 ta avtomobil ishlab chiqarishni maqsad qilgan. 2022-yil oxirigacha mazkur zavod oʻz akkumulyator batareyalarini tayyorlashni yoʻlga qoʻyiladi.
Hozir kompaniya Germaniya Atrof-muhit va tabiiy resurslar vazirligidan ushbu zavodda ishlab chiqarishni boshlash uchun ruxsat kutmoqda. Mask ruxsat yaqin haftalarda berilishiga umid qilmoqda. Jamoatchilikning zavod bilan bogʻliq xavotirlari boʻyicha yakuniy maslahatlashuv 14-oktyabrga rejalashtirilgan va shundan soʻng vazirlik qaror qabul qiladi.
Zavodda elektromobillardan tashqari akkumulyator ishlab chiqarish ham yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda. Maskning tushuntirishicha, korxona nisbatan kam suv ishlatadi va batareyalarni ishlab chiqarish ekologiyaga taʼsir qilmaydi.
“Tesla” 50 GVt/soat quvvatli akkumulyatorlar tayyorlanadigan mazkur zavodga 5,8 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi.
Maskning aytishicha, korxonaga ishchilarni yollash muammo boʻlishi mumkin. Shu bois u fuqarolardan butun Yevropa boʻyicha ish soʻrab murojaat qilishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yevropada maymun chechakdan birinchi oʻlim qayd etilgani maʼlum qilindi
- Oʻzbekistonlik bokschilar Quvaytdagi musobaqada 5 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Buyuk Britaniya politsiyasi qiymati 40 million funt sterlinglik boʻlgan kokainni musodara qildi
- Bryussel Boris Jonsonning NATO bosh kotibi lavozimini egallash ehtimolini baholadi
- Mustaqillikning oʻttiz bir yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring