Teskari osmos texnologiyasi asosida suv filtrlarini ishlab chiqarish loyihasi oʻz faoliyatini boshladi

08:22 07 Yanvar 2022 Iqtisodiyot
558 0

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2021-yilda 850 mln. soʻmga moliyalashtirilgan teskari osmos texnologiyasi asosida suv filtrlarini ishlab chiqarish loyihasi oʻz faoliyatini boshladi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi maʼlum qildi. 

“Turon Komplekt” MCHJ Romitan Innovatsion hududida import oʻrnini bosuvchi suv filtrlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqda. 

Xitoy, Turkiya va Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilgan texnologiyalardan sifati bilan raqobat qila oladigan texnologiya, narxi arzonligi bilan ajralib turadi.

Korxona tomonidan texnik xizmat koʻrsatish ham tashkil qilingan boʻlib, respublikamizning yirik sanoat korxonalariga suv filtrlari oʻrnatish bilan birgalikda, ularga texnik xizmat ham koʻrsatiladi. 

Hozirda teskari osmos tizimlari suv tozalash uskunalari bozorida mustahkam oʻrin egallamoqda. Teskari osmos tizimlari maishiy xoʻjalik va ichimlik suvlarni tozalash uchun moʻljallangan boʻlib, shuningdek yer osti, shoʻr suvlarni tozalab, 90-99% gacha zararli minerallar, ogʻir metallar, virus va bakteriyalardan tozalaydi.

Teskari osmos sistemalar qoʻllaniladigan asosiy sohalar bu - oziq-ovqat, qishloq xoʻjaliklari, kimyo, galvanika, mikroelektronika, farmakologiya sanoatlari texnologik jarayonlari uchun suv tayyorlash(tuzsizlantirish) sohalaridir. “Turon Komplekt” korxonasida TK seriyali, ishlab chiqarish quvvati 250 l/soat, unumdorligi 30 tonna/soat boʻlgan tizimlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

Filtrlovchi elementlar sifatida VONTRON, SSM, TORAY, DAW kabi dunyoning yetakchi kompaniyalari membranalaridan, dastlabki filtrlash uchun 5 mkm.li va 1 mkm.li mexanik filtrdan foydalanamiz. 

Shu bilan birga, har bir mijozning manba suvi tekshiruvlari natijalaridan kelib chiqqan holda bir necha bosqichli birlamchi tozalash tizimlari ham oʻrnatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?