Terrorchilarning kirib kelishi tufayli Kashmirda aloqa va internet uzilib qolgan

23:18 20 Sentyabr 2021 Dunyo
626 0

Foto: AP

Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir ittifoqi hududida terrorchilik guruhining kirib kelishi sababli aloqa va internet xizmatlari uzilib qolgan. 

Bu haqda NDTV telekanali armiya vakillariga tayanib xabar bermoqda.

“Hukumat manbalariga koʻra, taxminan olti kishidan iborat guruh Pokistondan ushbu hududga kirib olishga muvaffaq boʻlgan. Yuzaga kelgan otishma natijasida bir askar yaralangan, aytilmoqda”, deyiladi telekanalda.

Terrorchilarga qarshi operatsiya 30 soatdan koʻproq davom etmoqda. Katta hudud qurshab olingan va qoʻshimcha kuchlar jalb qilingan. Bosqinchilar taʼqib qilish boʻyicha operatsiya davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?