Termizda Prezident kortejidagi avtomobil ishtirokida YTH yuz bergani haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqda “Prezident tashrifi vaqtida koʻcha supurayotgan ayolni hokimlik mashinasi urib ketdi. Ayol ikki kundan buyon komada” sarlavhasi ostidagi xabar tarqaldi. YHXBB bu xabarlarni rad etdi va holat boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar berdi.
Xabarda aytilishicha, 1-iyun kuni soat 07:30 larda haydovchi E.B. Captivaʻni Termiz shahri, “Shodlik” mahallasidagi Amir Temur koʻchasi boʻylab boshqarib kelib, koʻchaning “Barkamol avlod” markaziy koʻchasi bilan kesishgan chorrahasidan oʻtayotganida unga nisbatan chap tomondan oʻng tomonga qarab piyodalar yoʻlakchasidan velosipedda ketayotgan P.R.ni urib yuborgan.
Oqibatda velosipedchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Termiz filialidagi jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.
Surishtiruv davomida mazkur transport vositasi davlat rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi jarayonida tashkil etilgan kortej avtomobillariga aloqasi yoʻqligi, bundan tashqari Amir Temur va Barkamol avlod koʻchalarining kesishmasida kortej harakatlanmagani aniqlangan.
Ayni paytda YTH yuzasidan Termiz shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring