Termiz shahrida fuqarolarga uy olib berish, oʻqishga va ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarning kirdikorlari fosh etildi

16:36 09 Sentyabr 2021 Jamiyat
674 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro S.I. firibgarlik yoʻli bilan aldash va ishonchini suiisteʼmol qilish orqali oʻzganing mulkini qoʻlga kiritish maqsadida fuqaro O.ga kam taʼminlangan oilalar uchun qurilgan uy-joydan olib berish evaziga 5 100 AQSH dollarini, fuqarolar B. va S.larni oʻqishga va ishga kiritib qoʻyish evaziga 2 500 AQSH dollarini qoʻlga kiritganligi, shuningdek bank muassasasidan fuqaro G.ning nomiga 30 mln soʻm imtiyozli kredit olishga erishib, oʻzining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?