Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi

20:18 03 Dekabr 2021 Siyosat
551 0

Prezident qarori (PQ–30-son, 03.12.2021-y.) bilan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi.

Qarorga koʻra, zamonaviy texnologiyalar boʻyicha chuqur bilimga ega mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Institutning asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri sanaladi.

Institut davlat OTM hisoblanib, Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali talabalari tahsil olayotgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha Institutda oʻqishni davom ettiradi.

Institut, jumladan:

— xalqaro reytingda birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy OTMning dasturi asosida oʻz taʼlim dasturlarini shakllantiradi;

— ish beruvchilar talablaridan kelib chiqib oʻquv rejalaridagi nazariy taʼlim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashgʻulotlar hajmini oshiriradi;

— Institut faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlarni samarali amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot va innovatsion xizmat koʻrsatuvchi korxonalarni tashkil etadi.

Institutning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2022/2023 oʻquv yilidan yetakchi OTMda tegishli magistratura mutaxassisliklari va 2023-yildan tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash choralari koʻriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?