Termiz davlat universitetining yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi
Foto: Xalq so‘zi
Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalar fakultetining 1850 oʻrinli yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan uyushtirilgan tadbirda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov, Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov universitet oʻqituvchi va talabalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda taʼkidlanganidek, bugungi kunda uzluksiz taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlari, shu jumladan, oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada yaxshilash, ilgʻor oʻqitish usullarini amaliyotga joriy qilish, shuning pirovardida malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga doir amaliy saʼy-harakatlar oʻzining samarasini berayotir.
Bunday ijobiy yutuq va natijalarni Termiz davlat universiteti faoliyati misolida ham koʻrish mumkin. Jumladan, bugungi kunda mazkur universitetda 14 ta fakultet, 43 ta kafedra mavjud boʻlib, 700 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar 25 ming nafar ortiq talabalarga tahsil berib kelmoqda. Ilmiy darajaga ega pedagoglar 203 nafarni tashkil etadi. Universitetda 65 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi, 37 ta magistratura mutaxassisligi, 21 ta ixtisosliklari boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tashkil etilgan. Taʼlim kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy shaklda olib borilmoqda.
1850 oʻrinli binoda 51 ta oʻquv auditoriyasi, 8 ta kompyuter xonasi, 1 ta kutubxona, 3 ta 100 nafar talabani sigʻdira oladigan maʼruza zali, 1 ta kengash oʻtkaziladigan zal, 9 ta laboratoriya hamda maʼmuriy xonalar mavjud. Barcha kompyuterlar internet tarmogʻiga ulangan, Wi-Fi zonalari tashkil qilingan. Har bir auditoriya smart doska bilan taʼminlangan. Talabalarning zamonaviy bilim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Yangi binoda Axborot texnologiyalari fakulteti, Fizika-matematika fakulteti va magistratura bosqichi talabalariga oʻquv mashgʻulotlar olib borilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi farmoyishiga binoan Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetining oʻquv binosini qurishga kirishilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hukumat oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qildi. Vazirlar Mahkamasi faoliyati toʻxtab qolmasligi uchun qanday chora koʻriladi?
- Bosh prokuratura Allamjonov suiqasdiga oid qoʻshimcha axborotni ochiqladi
- 2025-yilda ish haqi, pensiya va nafaqalar qanchaga oshirilishi maʼlum boʻldi
- DXX va Mudofaa vazirligi rahbariyatidagi tayinlovlar rasmiy eʼlon qilindi
- Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi Yangihayot va Bektemir tumanlariga tashrif buyurdi — Fotoreportaj
- Vatan va vijdon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring