Terma jamoa aʼzolari Olimpiya zaxiralari kollejiga imtihonsiz qabul qilinadi

13:53 09 Yanvar 2021 Sport
543 0

Jismoniy tarbiya va sport vaziri birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov yangi imtiyozlar haqida aytib oʻtdi.

«Prezidentimiz Murojaatnomada 2025-yilda Toshkentda yoshlar oʻrtasida boʻladigan Osiyo chempionatini yuqori saviyada oʻtkazish uchun hozirdan jiddiy tayyorgarlik koʻrish boʻyicha topshiriq berdilar.

10-12 yoshga toʻlgan yosh sportchilar uchun endi tizimli musobaqalar yoʻlga qoʻyiladi. Terma jamoaga saralab olingan sportchilar toʻgʻridan-toʻgʻri imtihonsiz Olimpiya zaxiralari kollejiga qabul qilinadi. Ular 4 yil davomida — 2025-yilgacha maqsadli ravishda tayyorgarlik koʻrib borishadi. Bu mamlakatimizda oʻtadigan Osiyo oʻyinlarida oʻz natijalarini beradi.

2020-yilda tizimdagi sportga ixtisoslashgan taʼlim muassasalari faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandik. Eng katta muammo — murabbiylarning mashgʻulot jarayonlariga ilmiy, zamonaviy metodologiya asosida yondashmayotgani, yangi sport texnologiyalaridan foydalanmayotgani ekani aniqlandi», dedi Ermatov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?